» » Sirojiddin Eshmatov Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Sirojiddin Eshmatov Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi


Prezident farmoyishiga asosan Sirojiddin Eshmatov Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Sirojiddin Eshmatov 1971-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 1999-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Soliq tizimidagi faoliyatini 1992-yilda Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik vazifasidan boshlab, 27 yil davomida viloyat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют