» » Xalq banki tadbirkor ayollar uchun bir yilda 164,5 mlrd so‘mlik kredit ajratdi

Xalq banki tadbirkor ayollar uchun bir yilda 164,5 mlrd so‘mlik kredit ajratdi


Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Xalq banki tomonidan ommabop tadbirkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilganidek, bugungi kunga qadar 940 mingdan ziyod xonadon o‘rganib chiqilib, 138 mingdan ortiq kishi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan.

16 ming 771 fuqaroga chorvachilik, 2 091 fuqaroga parrandachilik, 834 fuqaroga issiqxona tashkil etish, 596 fuqaroga mevali daraxt va uzumchilikni rivojlantirish, 600 dan ortiq fuqaroga boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlari uchun bank tomonidan 134 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘i ajratildi.

2016-yilda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida bank tomonidan 2 806 fuqaroga 164 milliard 500 million so‘mlik kredit berilgani, natijada 2 200 dan ortiq ish o‘rni yaratilgani haqida axborot berildi.

Shuningdek, bank tomonidan o‘tgan yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika vositalarini xarid qilish uchun 17 ming 500 dan ziyod kishiga 97,8 milliard so‘mlik iste’mol kreditlari taqdim etilgani ma’lum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют