» » Superligada ketma-ket 4-durang. “Navbahor” “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi

Superligada ketma-ket 4-durang. “Navbahor” “Qo‘qon-1912”ni yuta olmadi


10-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Namanganning “Navbahor” klubi Farg‘onaning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 22-daqiqasida “Navbahor” a’zosi Oston O‘runov hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqaga kelib Shahboz Erkinov hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar 1 ochkodan bir ochko bo‘lishib oldi. Qayd etish joiz, hozircha Superliganing 1-turida hech bir o‘yinda birorta jamoa g‘alaba qozonganicha yo‘q.

Superliga

1-tur bahslari

10-mart, yakshanba

“Navbahor”—“Qo‘qon-1912” 1:1

Gollar: 1:0 — 22 Oston O‘runov, 1:1 — 67 Shahboz Erkinov

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Oston O‘runov, Azim Ahmedov, Ivan Solovyov (Shahzod Shaymanov, 46), Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (Aziz Ibragimov, 84), Jahongir Mehmonov, Abbos G‘ulomov (Elman Tagayev, 59).

“Qo‘qon-1912”: Boyan Knejevich, Quvondiq Ro‘ziyev, Javohir Esonqulov, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov, Suhrob Berdiyev (Milosh Nikolich, 71), Iqbol Malikjonov (Jamshid Hasanov, 62), Shaxboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov.

Ogohlantirishlar: Shahboz Erkinov (48), Abdujamol Isroilov (77), Javohir Esonqulov (90+3)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют