» » O‘zbekistonda yosh mutaxassislarning chet tillarini bilmasligi masalasi ko‘tarildi

O‘zbekistonda yosh mutaxassislarning chet tillarini bilmasligi masalasi ko‘tarildi


Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlari hokimliklari, vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mutasaddilari ishtirok etdi.

Jamg‘arma tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini xorijda oshirish, stajirovka o‘tash, doktorantura va magistraturada o‘qitish dasturlari bo‘yicha birinchi stipendiya tanlovi o‘tkazildi. Ayni paytda Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan ushbu tanlov g‘oliblari saralab olinmoqda.

Ikkinchi stipendiya tanlovi ham e’lon qilindi. Bunda “Fan va ilmiy-tadqiqotlar”, “Sog‘liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari” sohalari bo‘yicha respublika bo‘yicha joriy yilning 20 fevralidan 20 martiga qadar hujjatlar qabul qilinmoqda. Muhimi, ikkinchi stipendiya tanlovida ishtirok etuvchilar arizalarini onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratildi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi “Iste’dod” jamg‘armasining huquqiy vorisi sanaladi. Yangi jamg‘armada kvotalar avvalgilarga qaraganda bir necha barobar oshirilgan. Taqdimotda hozir jamg‘arma hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘ borligi, jamg‘armaga kadrlarning ichidan eng yaxshilarini tanlab, xorijda o‘qitish vazifasi qo‘yilganligi ta’kidlandi. Lekin bir muammo – yaxshi mutaxassislarning chet tillarini bilmasligi ham qayd etildi.

Shuni hisobga olgan holda, yosh kadrlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishiga ko‘mak berish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan 22 ta oliy o‘quv yurtlarida markazlar tashkil etyapti.

Shu markazlarning ikkitasi Nukusda – Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutida tashkil etilgan. Aprel oyidan boshlab ushbu markazlarda o‘quv jarayoni boshlanadi. Jamg‘arma ushbu markazlarga ilg‘or xorijiy davlatlardan malakali pedagoglarni jalb etib, mahalliy universitetlarga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют