» » Superliga. “Bunyodkor” musobaqani ma‘lubiyat bilan boshladi (video)

Superliga. “Bunyodkor” musobaqani ma‘lubiyat bilan boshladi (video)


10-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasida yana bitta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Kunning so‘nggi to‘qnashuvida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi Jizzaxga safar qildi. “Qaldirg‘ochlar” u yerda “So‘g‘diyona” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida jizzaxliklar a’zosi Doston Toshmatov hisobni ochdi (1:0). 63-daqiqaga kelib esa Javohir Qahramonov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Qodirqulov hisobni tenglashtirdi (1:1).

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida “So‘g‘diyona” o‘yinchisi Oybek Nurmatov g‘alaba golini kiritdi va uchrashuv qahramoniga aylandi (2:1). Shu tariqa jamoa musobaqaning dastlabki uchrashuvida muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga

1-tur bahslari

10-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 — 22 Doston Toshmatov, 1:1 — 63 Sanjar Qodirqulov, 2:1 — 90 Oybek Nurmatov

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Sanjar Rashidov, Siroj Meliyev, Shohruz Norxonov (Izzat Abdullayev, 72), Doston Toshmatov (Oybek Nurmatov, 69), Muhammadali Yo'ldashev, Shahboz Jo‘rabekov

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Sergey Proxorov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Sardor Azimov, 79), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Sanjar Qodirqulov, 62), Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev, Abdulla Abdullayev

Ogohlantirishlar: Xurshid G‘iyosov (23), Dilshod Ahmadaliyev (57), Doston Toshmatov (57), Elyor Orifov (60), Nurillo To‘xtasinov (90), Izzat Abdullayev (90+4)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют