» » Oliy sud Andijonda sayyor qabul o‘tkazdi

Oliy sud Andijonda sayyor qabul o‘tkazdi


9-mart, shanba kuni Andijonda O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov va Oliy sud sudyalari tomonidan aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi xabar bermoqda.

Viloyat sudlarining ma’lum qilishicha, qabul davomida 214 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazilgan.

Shundan 34 nafar fuqaroning nazorat tartibida arizasi qabul qilindi, 38 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 141 nafar fuqaroga tegishliligi bo‘yicha murojaat qilish huquqi tushuntirildi. Shuningdek, Oliy sudda ko‘rilayotgan ishga qo‘shish uchun 1 ta murojaatning arizasi qabul qilindi.

Buloqboshi tumanining Boymahalla mahallasida istiqomat qiluvchi Xurshidbek Kenjayev 1998-yilda tug‘ilgan. 2018-yilda yoshlik va qiziqqonlik qilib, o‘zi boshqarib kelayotgan avtomashinada transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish orqali yo‘lda ketayotgan fuqaroni urib yuborib, shikast yetkazgan. Natijada Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ikki yil muddatga muayyan huquqdan mahrum etilgan, shuningdek, besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, shartli ravishda ikki yillik sinov muddatiga aylantirilgan.

Xurshidbekning onasi Naziraxon Xuriboyeva o‘g‘lining yoshligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, Oliy sud raisiga jazodan ozod etishini so‘rab murojaat qildi.

Shu kuni Xurshidbek Kenjayevning ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida Buloqboshi tumani sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, tayinlangan sinov muddati qisqartirildi hamda jazo muddati o‘tab bo‘lingan, deb hisoblandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют