» » Shimoliy Koreyada jon boshiga kunlik payok miqdori 300 grammgacha kamaytirildi

Shimoliy Koreyada jon boshiga kunlik payok miqdori 300 grammgacha kamaytirildi


Shimoliy Koreya rasmiylari fuqarolar uchun kunlik oziq-ovqat payok miqdorini 576 grammdan 300 grammgacha kamaytirdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Bunga toshqinlar va qurg‘oqchilik oqibatida 2018-yilda kuzatilgan rekord darajadagi hosilsizlik tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyat sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Payok don-dun, makkajo‘xori va kartoshkadan iborat. Bolalar, ayollar va qariyalar mazkur cheklovdan ozod qilingan. Shuningdek, qo‘shimcha oziq-ovqatga ehtiyoji bor va moliyaviy imkoniyati bo‘lganlar bozorlardan boshqa mahsulotlarni xarid qilishi mumkin.

Ekspertlarga ko‘ra, xalqaro sanksiyalar tufayli KXDR qishloq xo‘jaligi texnikasi, xomashyo va o‘g‘itlar sotib olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют