» » Farg‘ona shahrini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun 83 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi

Farg‘ona shahrini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun 83 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi


O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi “Farg‘ona issiqlik elektr markazi hududida va Farg‘ona shahar RK-3 qozonxonasi yonida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amaliy ishlarga qo‘l urilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Farg‘ona issiqlik elektr markazi”da bitta 17 megavatt quvvatli va Farg‘ona shahar RK-3 qozonxonasida bitta 7 megavatt quvvatli yuqori samarali kogeneratsion gaz qurilmalarini qurish loyihasi amalga oshirilishi bilan viloyatimiz markaziga uzluksiz issiqlik energiyasini yetkazib berish va elektr energiyasidan bo‘lgan tanqislikni qisqartirish, atrof-muhitga chiqayotgan zararli chiqindilarning ta’sirini kamaytirish hamda yoqilg‘i energetika resurslarini tejashga erishiladi.

F.Abdurahmonov, Farg‘ona issiqlik elektr markazi rahbari

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 83,6 million dollar bo‘lib, undan 34,1 million “O’zbekenergo” mablag‘lari, 49,5 million dollar esa Yaponiyaning energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti (NEDO) mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Loyiha doirasida Yaponiyaning Kawasaki Heavy Industries va Marubeni Utility Services kompaniyalari tomonidan butlovchi jihozlar, ehtiyot qismlar, materiallarni olib kelish va o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют