» » Seuldan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchining yuklari orasidan 30 dona uyali telefon topildi

Seuldan Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchining yuklari orasidan 30 dona uyali telefon topildi


Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qonunbuzarliklariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, “Seul—Toshkent” yo‘nalishi bilan uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro E.Sh.ning xatti-harakati bojxonachilarning e’tiborini tortdi. Uning yuklari xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Fuqaroning sumkasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan qiymati taxminan 70 million so‘mlik 30 dona uyali telefon borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют