» » Hindiston Pokistonning uchuvchisiz apparatini urib tushirdi

Hindiston Pokistonning uchuvchisiz apparatini urib tushirdi


9-mart kuni Hindiston harbiy havo kuchlari mamlakat shimolidagi Rojaston shtati ustida Pokiston hududidan ko‘tarilgan uchish apparatini urib tushirdi.Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchuvchisiz apparat mahalliy vaqt bilan 19:30 da Ganganagar shahri hududida Hindiston havo hududini buzgan. Hodisa aniqlanishi bilan dron urib tushirilgan.

So‘nggi vaqtlarda ikki mamlakat munosabatlaridagi keskinlik sezilarli darajada avj olgan. Bunga 14-fevral kuni terrorchi-xudkushning Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir viloyatlarida o‘zini portlatib yuborgani sabab bo‘lgan. Ushbu terakt oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan. Hujum uchun javobgarlikni “Jaish-e-Muhammad” (“Muhammad lashkari”) terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga olgan. Uning rahbari Ma’sud Azhar esa Pokistonda joylashgan.

Buning ortidan Hindiston Pokistonni terroristik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan, Islomobod bu ayblovlarni “asossiz” deya rad etib, Dehlini sodir bo‘lgan voqea yuzasidan birgalikda tekshirish o‘tkazishni taklif qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют