» » Isroil Madrimov yil so‘ngiga qadar yengilmas jahon chempioniga qarshi ringga chiqmoqchi

Isroil Madrimov yil so‘ngiga qadar yengilmas jahon chempioniga qarshi ringga chiqmoqchi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta jang, 2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) yil so‘ngiga qadar mazkur vazn toifasining WBO yo‘nalishi bo‘yicha chempioni, meksikalik Xayme Mungiyaga (32 ta jang, 32 ta g‘alaba, 26 ta nokaut) qarshi ringga chiqmoqchi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

“Yil so‘ngiga qadar jahon chempionligi kamari uchun jang qilishni reja qilganmiz. Bu beshinchi yoki oltinchi jangimizda bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Promouterlarimga mazkur vazn toifasida yengilmas bo‘lib turgan, Xayme Mungiya bilan jang qilish niyatida ekanimni aytdim. Bu jangni iloji boricha yil so‘ngiga qadar tashkillashtirish niyatidamiz. Agar bu yil amalga oshmasa, keyingi yil boshida bo‘lsa ham o‘tkaziladi. Asosiysi mana shu yil u bilan jang qilish bo‘yicha kelishib olish yoki jangni shu yildayoq o‘tkazish”, — deydi bokschi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 9-mart (Toshkent vaqti bilan 10-mart, yakshanba) kuni AQShda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida venesuelalik Frenk Roxasni (24 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat, 23 ta nokaut) ikkinchi raundda nokautga uchratib g‘alaba qozongan va o‘zining WBA InterContinental kamarini himoya qilgandi. Ayni vaqtda Madrimov WBA reytingida 9-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют