» » Orolning qurigan maydonida ko‘l paydo bo‘ldi

Orolning qurigan maydonida ko‘l paydo bo‘ldi


Orolning qurigan maydoni – Mo‘ynoq tumanidan 200 kilometr olisdagi Vozrojdeniye oroli hududidagi Shag‘ala deb nomlanuvchi joyda ko‘l paydo bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Ushbu ko‘l joriy yil yanvar oyida topilgan yer ostidan otilib chiqayotgan chuchuk suv manbasidan hosil bo‘lgan.

Orolbo‘yi dala gidrogeologik ekspeditsiyasi boshlig‘i Shavkat Olimovning ta’kidlashicha, Vozrojdeniye oroli hududida, ya’ni birinchi qazilgan quduqning qoshidan yana bir quduq qazilgan. Bu quduqning suvi ham chuchuk bo‘lib, qattiqligi 2,5 milligramm ekvivalentga, minerallashuvi esa litriga 2,5 grammga teng.

“Quduqlar soni ko‘paysa, albatta, bu yerda hayvonot va nabotot dunyosi rivojlanadi, chorvachilik yo‘lga qo‘yiladi va boshqa ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarga yechim topiladi”, — deydi u.

Joriy yilda shunday quduqlardan 50 tasi qazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Orolbo‘yi hududidagi tumanlarda o‘tgan asrda qazilib, suv chiqarilgan, ammo yillar o‘tishi bilan ishdan chiqib, nosoz holatga kelib qolgan quduqlarni qayta tiklash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют