» » Samarqandda tarqatilgan tovuq go‘shtida inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlandi

Samarqandda tarqatilgan tovuq go‘shtida inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlandi


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining “Ulug‘bek” MFYda istiqomat qiluvchi Umar Ortiqov maxsus ruxsatnomasiz Urgut tumanidan o‘zi yashayotgan tumanga tovuq go‘shti yetkazish bilan shug‘ullanib kelgan. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

22-fevral kuni u Loyish shahridagi “Sharq” kafesiga bir necha qutida (bir qutida 18—20 ta) tovuq go‘shti olib kelgan. Mahsulotning sifatidan shubhalangan kafe xodimlari uni olishdan bosh tortgach, u go‘shtni shaharchaning “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan boshqa oshxonaga olib borgan. Oshxona bekasi Bahora Abduhamidova tovuq go‘shtini iste’molga yaroqsizligini anglab, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Oqdaryo tuman jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Murojaat tuman DSENM, VSE laboratoriya hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman jamiyati mutasaddilari ishtirokida o‘rganilgan.

Parranda go‘shti laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, unda inson salomatligiga zarar yetkazuvchi 157 turdagi mikrob va bakteriyalar aniqlangan. Tarqatilgan parranda go‘shti zudlik bilan tegishli tartibda yo‘q qilingan.

Hozirda tadbirkorga chora ko‘rilishi uchun hujjatlar tayyorlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют