» » Tojikiston Nurek GESni qayta tiklaydi

Tojikiston Nurek GESni qayta tiklaydi


20-mart kuni Tojikiston prezidenti mamlakatning energetik muhandislari shahriga safari chog‘ida Nurek gidroelektrostansiyasini qayta tiklash loyihasiga start berdi, deya xabar beradi “ASIA-Plus”.

Davlat rahbarining gidroelektrostansiyalarni tiklash bilan shug‘ullanadigan kompaniya vakillari bilan uchrashuvi kutilmoqda.

Nurek GESni (birinchi bosqich) reabilitatsiya qilish bo‘yicha xalqaro tender 2017-yilning avgust oyi oxirida e’lon qilingan.

O‘shanda “Barki Tochik” energiya shirkati, uchta ishtirokchidan Avstriyada joylashgan ANDRITZ kompaniyalar guruhini tanlagan.

Tenderda ANDRITZdan tashqari, yana ikkita Yevropa kompaniyalari ishtirok etgan, ammo ANDRITZ tomonidan tavsiya etilgan shartlar va narxlar tender komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Shu bilan birgan ANDRITZ qaror qabul qilingan qarorga muvofiq, Nurek GESni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish uchun 120 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashini va ayni paytda 3000 MVt quvvatli elektrstansiyaning quvvatini 12 foizga oshirishini ma’lum qilgan.

2017-yil oxirida “Nurek GESni qayta tiklashning 1-fazasini” amalga oshirish uchun 350 million dollar to‘plangan. Ushbu loyihada Tojikiston hukumatining ulushi 25 million dollarni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют