» » Atambayev qator qirg‘iz nashrlarini tuhmatda va vaziyatni beqarorlashtirishda aybladi

Atambayev qator qirg‘iz nashrlarini tuhmatda va vaziyatni beqarorlashtirishda aybladi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bir qator mustaqil jurnalistlar, OAVlar va siyosatchilarni o‘ziga qarshi yolg‘on va tuhmat tarqatish kampaniyasini olib borishda aybladi. Bu haqda prezidentning saytiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Bunday kampaniya alohida OAVlarda va hatto ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yildan buyon davom etmoqda va, ayniqsa, o‘tgan yilning yozidan buyon kuchaydi. Yolg‘on, tuhmat va mish-mish kampaniyasi. Bu xalqimiz uchun muqaddas bo‘lgan so‘z erkinligi prinsiplarini surbetlarcha va axloqsizlarcha yolg‘on va tuhmatga almashtirishdir”, — deydi Atambayev o‘z bayonotida.

Shuningdek, u jurnalistlarga ularning vazifasi soxta yangilik tarqatish emas, balki xolis axborot yetkazish ekanligini eslatdi.

Atambayev bu tashviqot kampaniyasining maqsadi noyabrda bo‘ladigan saylovlardan oldin Qirg‘izistondagi vaziyatni chigallashtirish, deb hisoblamoqda.

“Mutasaddi organlarning qonun faqat xalq tomonidan saylangan mamlakat prezidenti uchun emas, balki barcha uchun majburiy ekanligini erkinlik uchun soxta kurashuvchilarga eslatib qo‘yish vaqti keldi”, — deb bayonotiga yakun yasagan Qirg‘iziston rahbari.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 22:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют