» » Xalq ta’limi vazirligi Yunusoboddagi maktabning kiyim almashtirish xonasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini olib tashladi

Xalq ta’limi vazirligi Yunusoboddagi maktabning kiyim almashtirish xonasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini olib tashladi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Yunusoboddagi maktabning kiyim almashtirish xonasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari olib tashlangani haqida rasmiy axborot tarqatdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya kiyim almashtirish xonasida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati 2019-yilning 7-mart kuni mazkur holatni o‘rganib chiqishi natijasida 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining o‘g‘il va qiz bolalar kiyim almashtirish xonalarida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, kiyim almashtirish xonalaridagi kameralar demontaj etildi va bu kabi holatlarning oldini olish borasida barcha maktab rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 1) ( 82) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...