» » Airbus A320neo layneri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi

Airbus A320neo layneri Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi


Uzbekistan Airways aviapark rivojlanish strategiyasi hamda aviaparklarni modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq joriy yilning birinchi choragida ikkita Airbus A320neo, 2019-yilning ikkinchi yarmida esa yana ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini sotib olishni rejalashtirgan edi, deb yozadi O‘zA.

Bugun Uzbekistan Airways parki iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo‘lgan birinchi Airbus A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi.

Ushbu layner ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi CFM International kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga qulaydir.

Iqtisodiy samaradorligi yuqori avialaynerning parvoz masofasi 4,5 mingdan 5 ming kilometrgacha uzaytirilgani Uzbekistan Airways kompaniyasiga butun Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

– Samolyot salonining zamonaviy dizayni parvoz davomida yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratadi, – deydi Uzbekistan Airways axborot xizmati boshlig‘i Feruza Qurbonova. – Qulay va keng o‘rindiqlar, har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar, aloqa va Wi-Fi tizimi mavjud. Shuningdek, samolyot sahnida havo sofligini saqlash va to‘g‘ri taqsimlovchi mukammallashtirilgan konditsioner tizimi parvozdan o‘zgacha zavq beradi. 2017-yilda 2 ta Airbus A320neo samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma aviakompaniya rivojlanish strategiyasi hamda aviaparklarni modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq imzolangan edi. Joriy yil mart oyining oxirida ikkinchi samolyotning keltirilishi kutilmoqda.

Bugungi kunda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi zamonaviy samolyotlardan iborat aviaparkka ega bo‘lib, aviatashuvchining barcha qatnovlari dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari – Airbus va Boeing kompaniyalarining samolyotlarida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют