» » Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasiga ayollarning kalta kiyimda va ro‘molsiz kirishi taqiqlandi

Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasiga ayollarning kalta kiyimda va ro‘molsiz kirishi taqiqlandi


O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qilish tartibini ishlab chiqdi.

Bu haqda, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib, “UZ24” xabar bermoqda.

Gid va sayyohlar uchun tayyorlangan tavsiyalarga ko‘ra, “Mo‘yi Muborak” madrasasi — muqaddas Qur’oni Karim joylashgan muzeyga bir vaqtning o‘zida 40 nafargacha ziyoratchi kirishi mumkin, ekskursiya vaqti 20 daqiqadan oshmasligi kerak.

Majmua hududida baland ovozda gapirish, bahslashish, video yoki fotoga olish mumkin emas. Ayollar boshini ro‘mol yoki sharf bilan o‘rashi lozim. Ziyoratchi ayollar boshiga ro‘mol yoki sharf tashlab olishlari kerak, kiyim ham ziyorat talabida — me’yordan ortiq kalta, tor yoki ochiq bo‘lmasligi kerak.

Majmua hududida chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, maysazorda yurish, gullarni uzish, skeytbord va rolikda uchish, velosiped haydash kabi harakatlar taqiqlanadi.

Muzey sayyohlik mavsumida — 1-martdan 30-iyunga qadar, shuningdek, 1-avgustdan 30-noyabrgacha shanba va yakshanba kunlari ham soat 9:00 dan 16:00 ga qadar ishlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют