» » O‘zbekistonda turar joyga egalik huquqini olish muddati tugashiga 2 oy qoldi

O‘zbekistonda turar joyga egalik huquqini olish muddati tugashiga 2 oy qoldi


2019-yil 1-maygacha davom etadigan aksiyada mulk huquqini e’tirof etish va kadastr hujjati ikki shart asosida beriladi, deb yozadi O‘zA.

Yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq, turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yerda joylashmagan va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik talablarini, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslar huquqi va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa.

Qaror ko‘p qavatli uylarga va ularga tutash yer uchastkalariga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Fuqarolar o‘zboshimchalik bilan qurgan imoratga mulk huquqini olish uchun o‘sha hududdagi davlat xizmatlari markazlari orqali tuman (shahar) hokimi nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizani ko‘rib chiqish uchun davlat xizmatlari markazi tomonidan yig‘im undirilmaydi, faqatgina bir martalik aksiya doirasida eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida yig‘im to‘lanadi. Agar murojaat etuvchi yolg‘on ma’lumot taqdim etsa, ariza rad etiladi.

Ariza asosida kadastr xizmati tomonidan o‘rganilib, xulosa berilgach, tuman komissiyasi imoratga mulk huquqini e’tirof etish yoki rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Uy-joyga egalik hujjatlarining qonuniy rasmiylashtirilishi inshootni tasarruf etish – sotish, hadya qilish, ijaraga berish va boshqa bitimlar tuzish huquqini beradi. Bunda mulkni garovga qo‘yib tijorat bankidan kredit olib, o‘z tadbirkorlik, tomorqachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, daromad olish imkoniyati ham paydo bo‘ladi.

Aksiya yakuniga bor-yo‘g‘i 2 oy muddat qolgan bo‘lsa-da, bu imkoniyatdan foylanmayotganlar ham ko‘p. Aksiya davomida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqotga, uyma-uy tushuntirishlarga, sayyor qabullarga qaramay bu dolzarb masalaga befarq va loqayd qarayotganlar ham bor.

Kadastr idoralari ma’lumotiga ko‘ra, Jizzax viloyatida o‘zboshimchalik bilan qurilgan 42 ming 358 ta turar joy mavjud. Bugungi kungacha fuqarolardan Davlat xizmatlari markazlariga atigi 15 ming 452 ta murojaat kelib tushgan. Bu o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning bor-yo‘g‘i 36 foizi, demakdir.

Hujjatsiz, o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar aholi ancha qadimdan yashab kelayotgan tog‘li tumanlarda, ayniqsa, ko‘p uchraydigan holat. Chunki ko‘pchilik oilalar hovlisiga tutash bo‘sh yotgan yerdan o‘g‘illariga uy qurgan, biroq rasmiylashtirmagan. Natijada hozirgacha yer maydoni noqonuniy egallangan bo‘lib qolmoqda.

Bu kabi muammo ko‘p bo‘lgan Sharof Rashidov tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarning endigina 11 foizi qonuniy rasmiylashtirilgan, xolos. Xuddi shunday muammoning katta qismi to‘g‘ri keladigan Baxmal tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarning 36 foizi, Forish tumanida 41 foizi, G‘allaorol tumanida 44 foizi rasmiylashtirilgani qoniqarsizdir.

Tabiiyki, agar ish shu taxlit sust davom etsa, aholining ushbu umumdavlat aksiyasida berilgan imkoniyatdan to‘liq foydalanmaslik ehtimoli yuqori. Boisi, 2019-yil 1-mayda aksiya muddati yakuniga yetganidan so‘ng, bunday imkoniyat qayta berilmaydi va uy-joyga “noqonuniy” tamg‘asi bosilib, mulkka egalik huquqi bo‘lmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют