» » OChL. “Lokomotiv” “Ar-Rayyan”ga yutqazib qo‘ydi (video)

OChL. “Lokomotiv” “Ar-Rayyan”ga yutqazib qo‘ydi (video)


11-mart, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qatar poytaxti Doha shahriga safar qiladi. U yerda “temiryo‘lchilar” “Ar-Rayyan” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 4-daqiqasida Diyor Turopov hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqaga kelib Lukka de Brito hisobni tenglashtirdi (1:1). 58-daqiqada esa mezbon klub a’zosi Helmin Rivas jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa “temiryo‘lchilar” mehmonda kechgan o‘yinda “Ar-Rayyan”ga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi (1:2).

OChL

11-mart, dushanba

“B” guruhi

“Ar-Rayyan”—“Lokomotiv” 2:1

Gollar: 0:1 — 4 Diyor Turopov, 1:1 — 38 Lukka de Brito, 2:1 — 58 Helmin Rivas

“Ar-Rayyan”: Fahad Yunis, Muhammad Al Aeldin, Rivas (Ibrohim Halfan, 71), Traore, Abdulrahmon Al Harazi (Korbi, 68), Lukka, Rodrigo Tabata, Viyera, Muhammad Juma,  Kox Myong-Jin, Sebastyan Soriya (Ahmad Abdulmaqsud, 82)

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Davronbek Hoshimov (Shuhrat Muhammadiyev, 68), Diyorjon Turopov (Alisher Shog‘ulomov, 77), Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Arslonmurot Amanov, 84), Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Timurxo‘ja Abduholiqov

Ogohlantirish: Diyor Turopov (27)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют