» » Boston aeroportida maxsus avtomobil samolyot bilan to‘qnashdi

Boston aeroportida maxsus avtomobil samolyot bilan to‘qnashdi


Boston aeroportida muzlashga qarshi ishlov beruvchi maxsus avtomobil Alaska Airlines samolyoti bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Falokat natijasida bir kishi jarohat oldi. Favqulodda vaziyat kechki payt, samolyot uchishga tayyor bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan. Avtomobil samolyotning chap qanotiga borib urilgan.

Aeroportning rasmiy vakillari to‘qnashuvdan so‘ng yuk avtomobili ag‘darilib ketgani va buning natijasida bir kishiga jarohat yetganini ma’lum qildi. Jarohat olgan shaxs kasalxonaga yotqizilgan.

Favqulodda vaziyatdan so‘ng reys bekor qilinib, yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют