» » O‘zbekistonda uy hayvonlariga pasport beriladi

O‘zbekistonda uy hayvonlariga pasport beriladi


O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya, ya’ni hisobga olish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar berdi O‘zA.

Buzoq, qo‘zi, uloq va bo‘taloq tug‘ilganidan o‘n to‘rt kun o‘tib, bir oydan kechikmasdan, qulun va xo‘tik to‘rt oyligidan, cho‘chqa bir oyligidan, kuchuk va mushukcha uch oyligidan hisobga olinadi.

Bu jarayon qoramol, qo‘y, tuya, ot, eshak, cho‘chqa, it va mushuk kabi hayvonlar o‘rtasida amalga oshirilmoqda. Har bir hayvon turiga taqiladigan atribut turi, hayvonlarni elektron tarzda hisobga olish va hisobdan chiqarish tizimining ishlash jarayonini inobatga olgan holda xorijiy tajribalar asosida olib borilmoqda.

Xalqaro ekspert Slobaden Chokrevskiyning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda identifikatsiya qilingan hayvonlarni yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritish orqali oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, aholini sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, aholi o‘rtasida hayvonotga mansub bo‘lgan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga erishish mumkin. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlarining xorijga eksport qilinishida birmuncha qulaylik yaratishi mumkinligini alohida qayd etdi.

Ayni vaqtda Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Bunda hayvonlarga identifikatsiya raqami berilganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida davlat veterinariya xizmati vakili hayvon egasiga veterinariya pasportini rasmiylashtirmoqda. Bu pasport tuman (shahar) veterinariya bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.

Ushbu tadbirlar bosqichma-bosqich boshqa viloyatlarda ham amalga oshirilishi mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют