» » Internet trafigi o‘g‘irlagan 20 yoshli andijonlik “xaker”ga hukm o‘qildi

Internet trafigi o‘g‘irlagan 20 yoshli andijonlik “xaker”ga hukm o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudida o‘ziga tegishli kompyuter yordamida 24 nafar fuqaroning login va parolini buzib, internet trafiklaridan foydalangan 20 yoshli A.D.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov “Daryo”ga xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyasi Ulug‘bek Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro A.D. 2016-yilning mart oyidan sentabr oyiga qadar o‘zining kompyuteri yordamida Andijon shahri, Yorboshi mahallasida yashovchi 24 nafar fuqaroning login va parolini buzib, ularning internet trafigidan foydalangan va jami 4 million 471 ming so‘mlik megabaytlarni yashirin ravishda talon-taroj qilgan.

— Kollejni bitirish arafasida oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun tayyorlanish maqsadida internetdan foydalanish zarurati tug‘ildi, — deydi sudlanuvchi A.D. – Avvaliga o‘zim trafik olib ishlatdim, biroq u hech qanchaga yetmadi. Keyin turli parollarni terib, birovlarning internet tizimiga ulanishga harakat qilib ko‘rdim. Natija berdi. Keyin hech kim bilmayapti deb, ulanishda davom etaverdim Bu ishni yomon niyatda qilmaganman. Qilmishimdan pushaymonman, barchadan uzr so‘rayman.

Sud A.D.ni Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 3-qismi “a” va “b” (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, har oylik ish haqining o‘ttiz foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil 6 oy 18 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют