» » Sharof Muqimov: Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi

Sharof Muqimov: Sevinch menga qizimni ishonib topshirgisi kelmaydi


Xonanda Sharof Muqimov rafiqasi Sevinch Mo‘minova bilan ayni paytdagi munosabatlari va qizi bilan qay darajada tez-tez ko‘rishib turishi haqida “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

“Yana turmush qurishdan cho‘chimayapsizmi?” degan savolga Sharof quyidagicha javob berdi:

Buni vaqt ko‘rsatadi. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Hali Sevinch bilan qonunan ajrashganimiz yo‘q. Lekin hozirda u bilan ayro yashayapmiz.

Qizim bilan tez-tez ko‘rishib turaman. U bolalar maydonchasiga borib, o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Lekin Sevinch menga qizim Leylani ishonib topshirgisi kelmaydi.

Sababini so‘rasam, u buni “Qorni ochib qolishi yoki sovqotib qolishi mumkin, erkaklar bolalarga ayollarchalik e’tiborli bo‘lmaydi”, deb izohlaydi.

Sharof Muqimov, xonanda va aktyor

Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010-yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor.

Mavzuga doir: Sevinch Mo‘minova: Bir narsani aniq aytaman — Sharof Muqimov bilan hali qonunan ajrashganim yo‘q

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют