» » Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi


Prezident farmoyishiga asosan Ravshanjon Nasimov Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Ravshanjon Nasimov 1971-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda inspektorlikdan boshlab, Samarqand viloyatining bir qator soliq inspeksiyalarida boshliq, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют