» » Hindiston va Pokiston: aslida nima bo‘lgan edi?

Hindiston va Pokiston: aslida nima bo‘lgan edi?


Oxirgi kunlarda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabat yana taranglashdi. Shu munosabat bilan “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat tarixiga to‘xtalib o‘tadi.

1947-yilda inglizlar o‘zlarining eng boy mustamlakasidan chiqib ketishidan oldin Hindistonni diniy mansublikka qarab ikkiga — Pokiston va Hindistonga bo‘lib yubordi. Natijada musulmonlar bilan hindlar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Millionlab odamlar uy-joysiz qoldi, o‘ldirildi, musulmonlar Hindistondan Pokistonga, hindlar Pokistondan Hindistonga qochishga majbur bo‘ldi. Kashmir rojaligining taqdiri noaniq bo‘lib qoldi. Roja hind, aholisining ko‘pchiligi musulmon edi. Aynan shundan asosiy mojaro boshlandi.

1948-yilning boshida Pokistonga ittifoqchi bo‘lgan mustaqil pushtun qabilalari Kashmirga bostirib kirdi. Roja Hay Singh Hindistonga qo‘shilishini e’lon qildi. Kashmir hududiga Hindiston va Pokiston qo‘shinlari kiritildi. BMT vositachiligida urush 1949-yil yanvarida to‘xtatildi. Kashmirning uchdan bir qismi Pokistonga, uchdan ikki qismi Hindistonga o‘tdi. Bu dastlabki Hind-Pokiston urushi edi.

1965-yilning aprelida 2-urush boshlandi. Hindiston nazoratida bo‘lgan Rani-Kutch tog‘li hududi artileriyadan o‘qqa tutilgach, keng miqyosdagi urush harakatlari boshlanib ketdi. Urush harakatlari Kashmirga ham yoyilib, 23-sentabrdagina o‘t ochish to‘xtatildi. Bitim tuzilib, unga muvofiq Rani-Kutch hududi Pokistonga, Sialkat shahri atrofi bilan birga Hindistonga o‘tdi.

3-urushga Pokistondagi ichki siyosiy fojialar sabab bo‘ldi. 1970-yil dekabridagi parlament saylovida Sharqiy Pokistonni Bangladesh nomi bilan mustaqil davlatga aylantirishni istagan Mujibir Rahmon boshchiligidagi “Hurlik ittifoqi” partiyasi g‘alaba qozondi. Davlat rahbari general Yahyoxon parlament ochilishini kechiktirdi. Natijada Sharqiy Pokistonda norozilik chiqishlari boshlanib, Mujibir Rahmon mustaqillik e’lon qildi. Bunga javoban G‘arbiy Pokistondan qo‘shin yuborilib, Rahmon tarafdorlari terror qilina boshlandi. Bir millionga yaqin odam o‘ldirildi, 10 million odam Hindistonga qochib o‘tdi.

1971-yilning kuzida hind armiyasi bengal qo‘z’olonchilariga yordamga keldi. Bunga javoban Yahyoxon G‘arbiy Pokistondan turib Kashmirga zarba berishva uni egllab, hindlarni Kashmirni Bangladeshga almashtirishga majbur etishga qaror qildi. Pokiston tanklari Kashmirga bostirib kirib, Chhamb shahrini egallab oldi. Lekin kuchlar teng emas edi. Hind armiyasi ikki barobar ustun edi. Sharqiy Pokistonda ham, Pokiston armiyasining ahvoli ham, hind qo‘shinlarining ahvoli ham bengal partizanlarining hujumlari bois og‘irlashib qoldi.

Dekabr o‘rtalarida urush to‘xtadi. 16-dekabrda g‘arbiy frontdagi o‘t ochish ham so‘ndi. Natijada Bangladesh mustaqillikka erishdi, Yahyoxon iste’foga ketishga majbur bo‘ldi. Pokiston zaiflashib, Xitoyga tayanishga majbur bo‘lib qoldi. Hindiston Pokistonni parchalab, o‘z ta’sir doirasini o‘rnatmoqchi bo‘ldi, lekin buyuk davlatlar bunga yo‘l qo‘ymadi.

Keyinchalik ikki davlat orasidagi munosabatlar biroz yaxshilandi. Lahor va Hindiston o‘rtasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ammo sovuqlik tugamadi. Har ikki davlat o‘z atom quroliga ega bo‘ldi. Bu esa ikki davlatni katta urushdan tiyib turishi kerakdek edi. Lekin so‘nggi kunlardagi voqealar dunyo jamoatchiligini xavotirga solmoqda.

Pokistondagi terrorchi guruh uyushtirgan portlash oqibatida 40 ga yaqin hind harbiysining halok bo‘lishi hind aviatsiyasi tomonidan ularning qarorgohi bombardimon qilinishiga olib keldi. Bunga javoban Pokiston harbiy kuchlari ikki hind harbiy uchog‘ini urib tushirdi va bir harbiy uchuvchini hibsga oldi. Vaziyat yana keskinlashdi. BMT va buyuk davlatlar mojaroni tinch yo‘l bilan halq qilishga chaqirishmoqda. Pokiston bosh vaziri hind uchuvchisi yaxshi niyat belgisi sifatida ozod qilinishi va Hindistonga topshirilishi haqida rasmiy bayonot berdi.

Hindiston bosh vaziri keskin bayonot bilan chiqqan. Ammo urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda qo‘shni davlatlar uchun ham ancha iqtisodiy zarar yetkaziladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют