» » Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya BMTning Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyasining 63-sessiyasida ishtirok etmoqda

Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya BMTning Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyasining 63-sessiyasida ishtirok etmoqda


11-mart kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMTning Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyaning 63-sessiyasi ish boshladi. Bu haqda “Daryo”ga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda BMTga a’zo davlatlar delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlarning ekspertlari, Tashkilotning hududiy va funksional filiallari, xorijiy mamlakatlarning huquqni himoya qilish tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasining rasmiy chiqishi 12-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi dasturida chet ellik hamkorlar, jumladan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), “BMT-Xotin-qizlar”, xalqaro xotin-qizlar tashkilotlarining rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek sessiya doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari nomidan “Hech kim unutilmasligi kerak: Markaziy Osiyo davlatlarida ijtimoiy himoya” mavzuida maxsus tadbir o‘tkaziladi.

Komissiya BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashining funksional organi bo‘lib, ayollarning huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha xalqaro standartlarning bajarilishini ko‘rib chiqadi hamda ularni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.

Ushbu sessiyaning asosiy mavzusi “Ijtimoiy himoya tizimlari, davlat xizmatlaridan foydalanish va gender tengligi uchun barqaror infratuzilma hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” bo‘lib, unda oliy darajadagi umumiy bahslar, vazirliklarning davra suhbatlari va boshqa uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek uning doirasida ayollar va jamiyatning zamonaviy jamiyatdagi rolini mustahkamlash uchun bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi.

Sessiya 2019-yilning 22-martiga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют