» » Rossiyada Vladimir Putin “qabrtoshi”ni qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Rossiyada Vladimir Putin “qabrtoshi”ni qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi


Rossiyaning Naberejniye Chelni shahrida siyosiy faollardan bo‘lgan Karim Yamadayev prezident Vladimir Putinning “qabrtosh”ini qo‘ygan holda hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida miting o‘tkazganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Norozilik aksiyasi 10-mart kuni o‘tkazilgan. Shu kuni Rossiyaning turli shaharlarida Internet erkinligini talab qilib mitinglar o‘tkazilgan. Taxminan soat 08:30 da tergov boshqarmasi binosi oldida metall panjara va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan va “vafot etgan” yillari: 1952—2019-yozilgan “qabrtosh” qo‘yilgan.

Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar bunga “Putin erkin internetni dafn qildi, Naberejniye Chelni aholisi Putinni dafn qildi”, — deb izoh bergan.

Karim Yamadayev 10-mart kuni qo‘lga olinib, Naberejniye Chelni markaziy militsiya bo‘limiga olib ketilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют