» » Moskvadagi xonadonlardan birida “maugli bola” topildi (foto+video)

Moskvadagi xonadonlardan birida “maugli bola” topildi (foto+video)


Moskvadagi kvartiralaridan birida ochlik va charchoqdan sillasi qurigan besh yoshli Lyuba ismli qiz topildi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Dastlabki tekshiruvlarda bolada ijtimoiy ko‘nikmalar mutlaqo yo‘qligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, Luningradskiy shosse ko‘chasida joylashgan xonaga axlat bilan to‘la, bola esa ust-boshi kir holda topilgan. Bola zudlik bilan Tushin kasalxonaga yetkazilgan.

Qizning qo‘shnilarining aytishicha, uning onasini bir necha kundan beri ko‘rishmagan. Lekin u piyonista ham bo‘lmagan, ruhiy kasalga ham o‘xshamagan. Biroq xonadonga hech kimni kiritmagan.

Ularning ta’kidlashicha, uyga kiraverishda bir necha oy davomida bo‘sh qutilar, keraksiz narsalar to‘planib borgan. Qo‘shnilar ularni tashlab yuborishni so‘ragan, lekin ayol bunga e’tibor bermagan.

Lyuba umuman ko‘chaga chiqmay qo‘ygach va zinapoyada noxush hid pay bo‘lganidan so‘ng qo‘shnilarda shubha paydo bo‘lgan. Biroq uning onasi noxush hidni kanalizatsiya trubasidagi muammo bilan bog‘liq deb bahona qilgan.

Qo‘shnilar qizcha vaqti-vaqti bilan yig‘lashini eshitgani uchun mahalla nozirini chaqirtirgan. Bu safar ham qizning yig‘isi bir necha soat davom etganligi uchun chaqitirilgan politsiya kvartiraga buzib kirgan.

Qizning onasi 45 yoshli Irina Garashenko kvartiraga ertasi kuni kelgan va u qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют