» » Buvaydada yuk poyezdi namanganlik 25 yashar yigitni urib yubordi

Buvaydada yuk poyezdi namanganlik 25 yashar yigitni urib yubordi


2019-yilning 11-mart kuni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani “Buvayda—Pop” temiryo‘lining 29-kilometri 3-piketida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi Namangan viloyatining Pop tumani, Navbahor mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.ni urib yubordi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Og‘ir tan jarohati olgan yigit hayotdan ko‘z yumdi.

Viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limiga ko‘ra, mazkur holatda fuqaro temir yo‘lning aholi maskani hududidan o‘tgan qismida, aynan temir yo‘l ustidan yurib ketayotgan bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют