» » Rossiyada Vladimir Putinga "qabr toshi" qo‘ygan yana bir aktivist hibsga olindi

Rossiyada Vladimir Putinga "qabr toshi" qo‘ygan yana bir aktivist hibsga olindi


12-mart kuni Naberejniye Chelni shahar sudi Vladimir Putinga “qabr toshi” qo‘yilgan aksiyada ishtirok etgan faollardan yana bir — 32 yoshli Nikolay Peresedovni hibsga oldi, deb yozadi Meduza.

Sud unga nisbatan olti sutkalik ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Peresedov ommaviy tadbirni belgilangan tartibda ogohlantirmasdan tashkil etish yoki o‘tkazishda aybdor deb topilgan.

Norozilik aksiyasi 10-mart kuni o‘tkazilgan. Shu kuni Rossiyaning turli shaharlarida Internet erkinligini talab qilib mitinglar o‘tkazilgan. Taxminan soat 08:30 da tergov boshqarmasi binosi oldida metall panjara va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan va “vafot etgan” yillari: 1952—2019-yozilgan “qabrtosh” qo‘yilgan.

Xabarda aytilishicha, ishtirokchilar bunga “Putin erkin internetni dafn qildi, Naberejniye Chelni aholisi Putinni dafn qildi”, — deb izoh bergan.

Avvalroq siyosiy faollardan biri Karim Yamadayev mazkur aksiya uchun 28 sutkaga hibsga olinganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют