» » O‘zbekistonda ayollarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishiga ko‘maklashuvchi markazlar ish boshlaydi

O‘zbekistonda ayollarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishiga ko‘maklashuvchi markazlar ish boshlaydi


2019-yil 1-maydan ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinadi. Bu haqda Prezident qarorida keltirilgan, deb yozadi Spot.

Qarorga muvofiq, notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi.

Markazlarning quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitiladi.

Maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr va yillik 8% stavkada imtiyozli kreditlar hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartiblari asosida ajratiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘magidagi Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiya tuziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют