» » Checheniston parlamenti spikeri Ahmat Qodirovni sotqin deb atagan blogerga qonli qasos e’lon qildi

Checheniston parlamenti spikeri Ahmat Qodirovni sotqin deb atagan blogerga qonli qasos e’lon qildi


Polshada yashovchi chechenistonlik bloger Tumso Abdurahmonov birinchi prezident Ahmat Qodirovni sotqin deb ataganligi uchun Checheniston parlamentining raisi Magomed Daudov unga nisbatan qonli qasos e’lon qilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Tumso, rasman e’lon qilaman, men va aka-ukalarim — ular kimligini bilasan — Ahmat hoji haqida aytgan gaplaring uchun rasman senga nisbatan qonli qasos e’lon qilaman. Seni o‘ldirish niyatimiz yo‘q, biz vaqtingni hayratlanarli tarzda chog‘ qilamiz. Bundan buyon, uxlashga yotishdan avval eshikni qulflaganligingga ishonch hosil qil”, — deydi Daudov.

Daudov bu haqda 9-mart kuni Instagram’dagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda e’lon qilgan. Abdurahmonov tahdidni real va xavfli deb hisoblashini bildirgan.

Checheniston rasmiylari parlament spikeri tomonidan qonli qasos e’lon qilinganligi yuzasidan hozircha izoh bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют