» » 10 ta gol o‘tkazib Chempionlar ligasidan tushib qolgan “Arsenal” 5 ta gol urib Angliya kubogi yarim finaliga chiqdi

10 ta gol o‘tkazib Chempionlar ligasidan tushib qolgan “Arsenal” 5 ta gol urib Angliya kubogi yarim finaliga chiqdi


Angliya kubogining yarim finalida to‘p suradigan ikki jamoa nomi aniq bo‘ldi: “Arsenal” va “Manchester Siti”. Final yo‘lida mazkur ikki klub o‘zaro to‘qnash keladi.

“Manchester Siti” APLning so‘nggi turida “Stok Siti”ni taslim qila olmagandi. Mamlakat kubogining chorak finalida esa “Midlsbro”ni yengdi — 2:0.

Chempionlar ligasidan sharmandali tarzda chiqib ketgan “Arsenal” esa quyi liga klubiga imkoniyat qoldirmadi hamda o‘ziga anchagina kelib oldi.

Bugun — 12-mart kuni Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” yarim final yo‘lida yurish qilsa, ertaga “Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” qarshiligini sindirishga urinib ko‘radi.

Angliya kubogi
Chorak final
11-mart, shanba

Gollar: David Silva, 3 (0:1). Serxio Aguero, 67 (0:2).

Gollar: Teo Uolkott, 45 (1:0). Olivye Jiru, 53 (2:0). Uoterfoll, 58-avt (3:0). Aleksis Sanches, 72 (4:0). Aaron Remzi, 75 (5:0).

12-mart, yakshanba
“Tottenhem” — “Milluoll”

13-mart, dushanba
“Chelsi” — “Manchester Yunayted”

Опубликовано: admin (12-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют