» » Toshkent IIBB favqulodda qo‘ng‘iroqlar uchun 2 ta qo‘shimcha raqamni joriy qildi

Toshkent IIBB favqulodda qo‘ng‘iroqlar uchun 2 ta qo‘shimcha raqamni joriy qildi


Toshkent shahar IIBB hodisa va jinoyatlar haqida xabar berish mumkin bo‘lgan ikkita qo‘shimcha raqamni joriy qildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

“Ushbu raqamlarni eslab qoling: 71-232-30-40 va 71-232-40-50. Har qanday murojaatingiz bo‘yicha zudlik bilan javob choralari ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda “102” qisqa raqamlariga kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunga ba’zan mazkur raqamga tushib bo‘lmasligi bilan bog‘liq shikoyatlar sabab bo‘lgan.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari liniya band bo‘lishi yoki operatorlar go‘shakni ko‘tarmasligini ta’kidlagan.

IIBB “102” xizmati ishidagi kamchiliklar uchun uzr so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 129) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют