» » Amerikalik talabalar “Muqobil ta’tillar” dasturi doirasida O‘zbekistonga keldi

Amerikalik talabalar “Muqobil ta’tillar” dasturi doirasida O‘zbekistonga keldi


AQShdagi Amerika universitetining bir guruh talabalari Alternative break dasturi doirasida O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Delegatsiya a’zolari tashrif davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida ko‘ngilli yoshlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zbekistonlik ko‘ngilli yoshlar va oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan o‘zaro ochiq muloqot qildi.

Xorijlik talabalar AQShdagi ko‘ngilli jamoalar tajribasi va amaliyoti haqida o‘zbekistonlik ko‘ngilli yoshlar bilan tajriba almashdi. Amerika universitetining “Muqobil ta’tillar” dasturi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Yoshlarning diplomatiya va xalqaro munosabatlardagi o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirildi.

—“Muqobil ta’tillar” dasturi 1993-yilda AQSh universitetlari tizimiga kiritilgan bo‘lib, dastur Amerika va dunyoning boshqa mintaqalaridagi yoshlar bilan tanishuv, ma’lumot almashinuvi maqsadida oliy ta’lim muassasalari bilan faoliyat olib bormoqda, — deydi delegatsiya a’zosi Amanda Martinez. — Amerika universitetining oldingi dasturlari Janubiy Afrika Respublikasi, Gaiti, Isroil, Keniya, Moldova, Hindiston va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bu yilgi o‘quv yilida Tanzaniya, Vyetnam, O‘zbekiston, Kuba, Gaiti, Shimoliy Irlandiyaga sayohatlar uyushtirilyapti. Dastur xarajatlari Amerika universiteti ko‘magi bilan talabalar tomonidan qoplanadi.

Muloqotda O‘zbekistonda ko‘ngillilik madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari va uni targ‘ib qilishning qo‘shimcha usullari o‘zaro muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют