» » Venesuela AQSh diplomatlariga mamlakatdan chiqib ketish uchun 72 soat vaqt berdi

Venesuela AQSh diplomatlariga mamlakatdan chiqib ketish uchun 72 soat vaqt berdi


Venesuela AQSh diplomatlari mamlakatdan chiqib ketishi uchun 72 soat vaqt berdi. Bu haqda Venesuela TIV rahbari Xorxe Arreasa o‘zining Twitter sahifasida yozgan.

Shuningdek, Bolivar Respublikasining boshqa davlat hududida joylashgan davlatlarning manfaatlarini ifodalovchi bo‘limlarni tashkil qilish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori haqida mikroblogida e’lon qilgan.

12-mart kuni AQSh Venesuelada qolgan diplomatlarni hafta oxirigacha chaqirib olishini xabar qilgan edi. Karakasdagi elchixonaning ba’zi xodimlari 27-yanvar kuni mamlakatdan chiqib ketgan. Bu qaror diplomatlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Venesuela milliy assambleya spikeri Xuan Guaydo 23-yanvar kuni o‘zini vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan edi. Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik aloqalar buzilganini e’lon qilgach, AQSh Xuan Guaydoni “o‘tish davrining prezidenti” deya tan olgan. Guaydoni, shuningdek, Isroil, Buyuk Britaniya va Niderlandiya kabi davlatlar ham Venesuela prezidenti sifatida tan olgan. Rossiya esa Maduro hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют