» » Butunjahon musulmon ulamolar kengashi bosh kotibi Imom Termiziy xalqaro markazi tashkil etilishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Butunjahon musulmon ulamolar kengashi bosh kotibi Imom Termiziy xalqaro markazi tashkil etilishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi


Butunjahon musulmon ulamolar kengashi bosh kotibi Ali Qoradog‘iy Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumati va ahliga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu tabrik video ko‘rinishida bo‘lib, unda, jumladan, shunday deyiladi:

O‘zbekiston hukumatining ushbu rejalashtirgan muborak ishi — buyuk imomlardan bo‘lmish Imom Termiziy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinishi meni juda ham xursand qildi. O‘zbekiston yurti juda ham ko‘plab muhaddislar, faqihlar va boshqa qator sohalarda yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular sababli islom madaniyati, butun insoniyat madaniyati boyidi.

Mana shunday yurt uchun bunday markazlarning ochilishi ajablanarli ish emas. Shuning uchun O‘zbekiston hukumatini, shuningdek, u yerdagi musulmon xalqini ushbu qilinayotgan muborak ish munosabati bilan tabriklayman. Alloh taoloning izni ila ushbu maskan nafaqat O‘zbekiston hamda uning qo‘shni davlatlari, balki butun dunyo miqyosida o‘zining ijobiy samarasini beradi, insha Alloh.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 14-fevral kuni “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют