» » Jangga 3 kun qolganda Bahodir Jalolovning raqibi o‘zgardi

Jangga 3 kun qolganda Bahodir Jalolovning raqibi o‘zgardi


Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasi vakili o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 15-mart kuni AQShda o‘zining beshinchi jangini o‘tkazishi kerak edi. Ammo jangga uch kun qolganda Bahodirning raqibi o‘zgardi.

Aslida Jalolov kolumbiyalik Santander Silgadoga (28 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat) qarshi o‘tkazishi kerak edi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik bokschi endi amerikalik bokschi Villi Harveyga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Kaliforniya shtatining Tastin shahrida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir 2018-yilning 9-dekabrida amerikalik Valentin Markesga qarshi ringga ko‘tarilib, uni 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, Harvey 5 marotaba jang o‘tkazib, ularning 3 tasida g‘olib bo‘lgan (3 ta nokaut). 1 marta mag‘lub bo‘lgan va yana 1 marta durangga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют