» » YChL. Ronalduning het-triki “Yuventus”ni chorak finalga olib chiqdi (video)

YChL. Ronalduning het-triki “Yuventus”ni chorak finalga olib chiqdi (video)


12-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yini doirasida “Yuventus” o‘z uyida “Atletiko Madrid”ni qabul qildi.

Turinliklar safida Krishtianu Ronaldu 27, 48 va 86-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Ta’kidlash joiz, portugaliyalik hujumchi dastlabki 2 ta golini boshi bilan darvozaga kiritgan bo‘lsa, oxirgisini penaltidan ishg‘ol qildi (3:0).

Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Diyego Simeone jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning navbatdagi bosqichiga chiqdi.

YChL

1/8 final bahslari

12-mart, seshanba

Gollar:  1:0 — 27 Ronaldu, 2:0 — 48 Ronaldu, 3:0 — 86, penalti, Ronaldu

“Yuventus”: Shesni, Kanselu, Kyellini, Bonuchchi, Spinatsiola (Dibala, 67), Matyuidi, Pyanich, Jan, Bernardeski, Manjukich (Moyza Kin, 80), Ronaldu.

“Atletiko”: Oblak, Aryas (Vitolo, 77), Himenes, Godin, Xuanfran, Rodri, Saul, Lemar (Korrea, 57), Koke, Grizmann, Morata.

Ogohlantirishlar: Bernardeski (64), Xuanfran (73).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют