» » Farg‘onada jinoyatchilikka qarshi faol kurashgan profilaktika inspektorlari va mahalla raislarga 170 million so‘m pul mukofoti berildi

Farg‘onada jinoyatchilikka qarshi faol kurashgan profilaktika inspektorlari va mahalla raislarga 170 million so‘m pul mukofoti berildi


Farg‘ona viloyatida o‘z hududida jinoyatlar sonining kamayishiga erishgan 180 nafar profilaktika inspektori, jamoat tartibini saqlashda ularga amaliy yordam ko‘rsatgan 50 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori yordamchisiga 170 million so‘m bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat miqyosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning ahvoli tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, hududida jinoyatchilik darajasi pasaygan 230 nafar IIB xodimlari va fuqarolar yig‘inlari vakillari ushbu mukofotga loyiq deb topilgan.

Viloyatda jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizligini ta’minlash, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud” loyihalarida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil deb gumon qilingan va tungi vaqtlarda ko‘chalarda maqsadsiz yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Natijada viloyatda umumiy jinoyatchilik o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 34 foizga yoki 2764 taga kamayishiga erishilgan. 2019-yilning yanvar–fevral oylari yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, jinoyatchilik 23 foizga kamaygan.

Qashqadaryoda jinoyatchilikka qarshi faol kurashganlarga 317 million so‘m pul mukofoti berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют