» » Yaxtadan suvga tushib ketgan erkak jinsi shimi orqali halok bo‘lishdan saqlanib qoldi (video)

Yaxtadan suvga tushib ketgan erkak jinsi shimi orqali halok bo‘lishdan saqlanib qoldi (video)


Yaxtadan suvga tushib ketgan germaniyalik sayyoh jinsi shimi sabab halok bo‘lishdan saqlanib qoldi, deb yozadi Forum Daily.

Arne Myurke akasi bilan Wahoo yaxtasida Oklenddan Braziliyaga ketayotgan bo‘lgan. Ular Tolaga tog‘i yaqinidan o‘tib ketayotganda gid uni urib yuborgan va u suvga tushib ketgan.

Arne suvda qutqaruv jiletisiz, jinsi shim va futbolkada bo‘lgan. Arne akasi unga qutqaruv jiletini tashlagan, so‘ng arqon yordamida qutqarishga harakat qilgan. Biroq Myurke ularning oldiga suzib borolmagan.

Shunda u o‘zi bilgan usuldan foydalanib, suvga cho‘kib ketishdan saqlanib qolgan. Myurke jinsi shimini yechib, uning uchlarini tugun qilgan va ichiga havo to‘ldirib qutqaruv jiletiga o‘xshash narsa yasagan.

Myurke qutqaruv vertolyoti kelgunicha “shishirilgan” shimi yordamida 3,5 soat davomida sovuq suvda turgan.

Quyida ushbu usul ko‘rsatilgan video keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют