» » Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi


Hukumat qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:

Mo‘ynoq tumani infratuzilmasini yaxshilashga, qishloqlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash;

tuman uy-joy fondining ko‘p kvartirali uylaridagi umumiy foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlashga, uylarga yondosh hududlarni obodonlashtirish;

mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etishga va ularni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplashga hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirish;

qishloq va chekka hududlarda joylashgan ta’lim va tibbiyot muassasalarida ishlash uchun yuborilgan xodimlarni xizmat joylari bilan ta’minlashga.

Jamg‘arma kuzatuv kengashi jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi va mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilganligini nazorat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют