» » Toshkent sharqshunoslik institutida sinxron tarjimonlar tayyorlanadi

Toshkent sharqshunoslik institutida sinxron tarjimonlar tayyorlanadi


Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovida “Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad sharq tillari bo‘yicha sinxron tarjimonlarni tayyorlash jarayonida ta’lim sifatini oshirish hamda mehnat bozorida sinxron tarjimonlarga bo‘lgan talabni qondirish sanaladi.

140 ming AQSh dollariga teng moliyalashtirish hajmiga ega mazkur grant doirasida institutga sinxron tarjima uchun mo‘ljallangan maxsus texnik jihozlar xarid qilinadi.

Loyiha Koreya Respublikasining nufuzli Xankuk chet tillari universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Akademik innovatsiyalar fondi tomonidan e’lon qilingan grantlar tanlovi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jahon banki hamkorligidagi oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют