» » Rossiyalik taniqli xonanda Yuliya Nachalova o‘pkani sun‘iy nafas oldiruvchi apparatga ulab qo‘yildi

Rossiyalik taniqli xonanda Yuliya Nachalova o‘pkani sun‘iy nafas oldiruvchi apparatga ulab qo‘yildi


Moskvadagi shifoxonalrdan birining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan rossiyalik taniqli xonanda Yuliya Nachalovaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, deb yozadi “Vesti.ru”.

Ma’lum qilinishicha, xonanda o‘pkani sun‘iy nafas oldiruvchi apparatga ulab qo‘yilgan.

Xonandaning menedjeri Vladimir Belov holatni izohlashdan bosh tortgan.

“Uzr, hech qanday izoh bera olmayman. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring. Hozir sizga hech kim ma’lumot bera olmaydi. Bu — birinchidan, ikkinchidan hech narsa bo‘lgani yo‘q. Ushbu ma’lumotni qayerdan olganingizni bilmayman”, — deya javob bergan Belov.

Qayd etilishicha, xonanda uzoq vaqtdan beri surunkali kasallik bilan kurashadi. Shu sababli uning qonida shakar miqdori keskin oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют