» » YChL. “Barselona” bugun “Lion”ni mehmon qiladi, “Bavariya” esa “Liverpul” bilan jang qiladi

YChL. “Barselona” bugun “Lion”ni mehmon qiladi, “Bavariya” esa “Liverpul” bilan jang qiladi


13-mart, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida so‘nggi 2 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Lionel Messi yetakchiligidagi Ispaniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida Fransiyaning “Lion” jamoasi bilan bahsga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqichning dastlabki o‘yinida darvozalar daxlsizligi saqlab qolinib, g‘olib nomi aniqlanmagandi (0:0).

Kunning ikkinchi bellashuvida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi Germaniyaning Myunxen shahriga safar qiladi. U yerda “mersisaydliklar” Niko Kovach boshqaruvidagi “Bavariya” klubi bilan musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu qarama-qarshilikning birinchi to‘qnashuvi ham 0:0 hisobida yakunlangandi.

YChL

1/8-final bahslari

13-mart, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют