» » 14-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani bo‘ladi

14-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani bo‘ladi


Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi “China Cup” musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqaga jo‘nab ketish oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Mazkur tadbir ertaga, 14-mart kuni soat 15:00 da O‘FA anjumanlar zalida boshlanadi. Anjumanda “China Cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarkibi e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “China Cup” musobaqasi 21—25-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi.

21—22-mart kunlari dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tsa, 25-mart kuni 3-o‘rin uchun bahs hamda final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

China Cup

21-mart, payshanba

22-mart, juma

25-mart

25-mart

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют