» » Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini investitsiya va innovatsiyalar hududiga aylantirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini investitsiya va innovatsiyalar hududiga aylantirishni taklif qildi


Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati faollari ishtirokida bolib otgan yigilishda viloyatni kompleks rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Navoiy viloyati yalpi hududiy mahsulot boyicha ilgor orinlarda bolsa-da, mavjud rezerv va imkoniyatlardan tola foydalanilmayotgani takidlandi. Viloyat iqtisodiyoti asosan bir nechta yirik korxonaga bogliq bolib qolgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yetarli darajada rivojlanmagani korsatib otildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishga jiddiy turtki berish maqsadida, bu yerda shunday eng qulay va jozibador biznes muhitini yaratish kerakki, nafaqat mahalliy aholi, balki boshqa viloyatlar aholisi ham bu yerga kelib, tadbirkorlik bilan shugullanishga intilsin. Endi Navoiy viloyati tadbirkorlar viloyati bolishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari shu maqsadda Navoiy viloyatini eksportga yonaltirilgan innovatsion va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar boyicha erkin iqtisodiy zonaga aylantirishni taklif qildi. Qayd etilganidek, buning uchun Bosh vazir orinbosari rahbarligida maxsus komissiya tuzilib, mazkur iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan imtiyoz va yengilliklar tizimi belgilanadi.

Yigilishda investitsiyalarni faol jalb qilib, yangi zamonaviy korxonalar tashkil etish va aholini ish bilan taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Navoiy viloyatida 20192020-yillarda umumiy qiymati 26 trillion 368 milliard somlik 511 ta investitsiya loyihasidan iborat dastur ishlab chiqilgani malum qilindi.

Mazkur dastur doirasida 1 milliard dollar togridan-togri xorijiy investitsiya va kreditlarni ozlashtirib, 17 ming 400 ta yangi ish orni yaratish rejalashtirilgan.

Jumladan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qizilqumsement, Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tarmoqlarda 12 ta yirik loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Davlat rahbari qishloq xojaligidagi imkoniyatlarni ham tahlil qilib, paxtadan boshagan maydonlarda bozorbop meva-sabzavotlar yetishtirish, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va qorakol teri tayyorlashni kopaytirib, eksport hajmini oshirish boyicha topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-03-2019, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -