» » Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlikda ayblanganlarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlikda ayblanganlarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi


13-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Mazkur jinoiy ishi sudya Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib chiqib, Shodali Qilichovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir  Yorqulovni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganliklarida aybdor deb topdi.

Sud hukmiga asosan Shodali Qilichovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir  Yorqulovning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.

Manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Shuningdek, mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют