» » BMT komissiyasi O‘zbekistonda ayollar borasidagi davlat siyosatini yuqori baholadi

BMT komissiyasi O‘zbekistonda ayollar borasidagi davlat siyosatini yuqori baholadi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMTning Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyaning 63-sessiyasida ma’ruza qildi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Respublikada 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasida olib borayotgan davlat siyosati yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Sessiya ishtirokchilariga O‘zbekistonda besh yillik harakatlar strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligi, unda ayollarning huquq va imkoniyatlari hamda ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilgani borasida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida Tanzila Norboyeva BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Natali Kanem bilan uchrashdi. Unda mazkur tashkilot doirasida hamkorlikning bugungi holati va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

UNFPA Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy organlaridan biri bo‘lib, u a’zo davlatlarga aholishunoslik sohasida, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy himoya, gender tengligi va barqaror rivojlanish ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun demografik siyosatni takomillashtirishga ko‘mak beradi.

Xususan, ikki tomonlama uchrashuv davomida Jamg‘arma rahbariyati O‘zbekistonda ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish sohasidagi davlat siyosati, shuningdek, mamlakatda ayollarning to‘liq qo‘llab-quvvatlash borasida so‘nggi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.

UNFPA ijrochi direktori mamnuniyat bilan so‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-qizlarni rag‘batlantirish, gender tengligi va reproduktiv salomatlik sohasida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatning barcha darajalarida va ijtimoiy hayotda ayollarning ijtimoiy faolligi oshib bormoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют